Bosh sahifa / Imkoniyatlar

Qabuldan hisobotgacha — bitta oqim

Sotib olayotganingiz — dastur emas, ustaxonangizning nazorati. Quyida har bir imkoniyat tizimdagi ko‘rinishi bilan.

// Buyurtmalar

Hamma buyurtma bir ekranda

Brend, model, mijoz, muddat, mas’ul usta va joriy holat — jadvalda jonli ko‘rinadi. 535 ta model katalogdan tanlanadi, har o‘zgarish tarixga yoziladi.

tamirtizimi · buyurtmalar
Buyurtmalar paneli — filtrlar va holatlar bilan
Buyurtmalar paneli — filtrlar va holatlar bilan · namoyish ko‘rinishi
// Moliya

Magazin qarzi o‘zi hisoblanadi

Tashqi magazindan olingan har qism buyurtmaga bog‘lanadi: olindi — qarz oshdi, «To‘lov qo‘shish» bosildi — kamaydi. Hisobotda har magazin bo‘yicha aniq qoldiq.

tamirtizimi · magazinlar
Magazinlar va qarzlar ekrani
Magazinlar va qarzlar ekrani · namoyish ko‘rinishi
// Hisobot

Excel hisobot — bir tugma

To‘rt tur: to‘liq 7 varaqli (ustalar, xarajatlar, qarzlar, mijozlar, zapchast, magazinlar), oylik umumiy, strategik tahlil va mijozlar bazasi.

tamirtizimi · hisobot
Hisobot turini tanlash oynasi
Hisobot turini tanlash oynasi · namoyish ko‘rinishi
// To‘liq ro‘yxat

Yana nimalar bor

Ichki ombor

Qismlar soni va kelish narxi bilan. Ishlatilsa — jurnalga tushadi. Excel shablon orqali bir yo‘la yuklanadi.

Kafolat nazorati

Qaytgan ta’mir bir tugma bilan qayta ochiladi, sababi yoziladi va daromadga qo‘shilmaydi.

%

Usta ulushi

Formula shaffof: (narx − qism xarajati) × foiz. Oy oxirida bahs emas — raqam.

Xarajatlar

Ijara, kommunal, mayda xarajatlar — foyda hisobida avtomatik ayriladi.

Chek chop etish

Qabulning oxirgi qadami — pechat: mijozga chek, sizga hujjatli iz.

Telegram Mini App

Usta va shogirt telefonida, o‘rnatishsiz. Bildirishnomalar botdan keladi.