Barcha qabul qilingan buyurtmalardan to‘liq xabardor bo‘lasiz: kim qabul qildi, qaysi usta ta’mirlayapti, qaysi qism qaysi magazindan olindi, mijoz qachon oladi. Daftar emas — jonli tizim.
Ustaxona kattalashgan sari daftar va xotira yetmay qoladi. Bitta unutilgan buyurtma — bitta yo‘qotilgan mijoz.

Qabuldan topshirishgacha har bir holat tarixda. Muddati yaqinlashsa — ko‘rinib turadi.
Magazin qarzi, usta ulushi, xarajatlar — hammasi avtomatik. Excel hisobot bir tugmada.
Usta faqat o‘z ishini ko‘radi, shogirt topshirilganini bajaradi, bosh usta hammasini nazorat qiladi.